O‘zbekiston | 18:45 / 29.01.2016
2045
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zDJTUda “Researcher connect” dasturi mutaxassisi Jo Shaffer trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yangi binosi ochilganidan buyon o‘tgan vaqt davomida ikkinchi marta yirik seminar-treningga mezbonlik qildi.

Britaniya Kengashi, Innovatsion metodikalarni rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi hamda “Iste'dod“ jamg‘armasi hamkorligidagi anjuman “Research management“ (“Tadqiqotlar boshqaruvi”) nomini oldi.

Kun tartibidagi amaliy mashg‘ulotlar Britaniya Kengashining “Researcher connect“ global dasturiga kiruvchi metodik topshiriqlardan iborat. Ushbu dastur olimlar va ta'lim sohasidagi rahbarlarning ilmiy muloqot mahoratlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

200 nafarga yaqin tilshunoslar, ilmiy tadqiqotchi va yosh olimlarni jamlagan anjumanda xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar chop etish bilan bog‘liq tizimli yo‘l-yo‘riqlar o‘rganildi. Bunda “Researcher connect” dasturining tajribali treneri va maslahatchisi Jo Shaffer ilmiy personalni shakllantirish, hamkasblarning muloqot muhiti, chet tillar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha ma'ruzalarini taqdim etdi.

Dastur yurtimizda ilk marta 2015 yilning yanvar oyida 30 nafar tadqiqotchi va 400 dan ortiq katta ilmiy izlanuvchilar uchun tashkil etilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish