Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Putin 2018 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish bo‘yicha hali bir qarorga kelmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS axborot agentligiga ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «hozircha bu haqida gapirishga erta».
«Ikki yil oldindan saylovlar haqida gapirish bizda yaxshi qabul qilinmaydi. Hattoki Putin saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirayotgan, yoki aksincha bo‘lsa ham har ehtimolga qarshi bunday tuhmat yog‘diruvchi kampaniyalar boshlangan», — dedi Peskov Vashingtondagi Putin nomiga bildirilgan ayblovlarga ishora qilib.
«Hozircha bu borada qandaydir qaror qabul qilish shart emas. Sababi saylovlargacha hali anchagina muddat bor», deya gapirib o‘tdi Kreml vakili.