Jamiyat | 17:20 / 29.01.2016
5628
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda yo‘l patruli xodimini kapot ustida “aylantirib” kelgan haydovchi 15 yilga qamalishi mumkin

Qirg‘izistonda yo‘l patruli xodimini kapot ustida “aylantirib” kelgan haydovchi 10-15 yilga ozodlikdan chiqarishi mumkin. Bu haqda ichki ishlar vaziri Melis Turg‘anboyev ma'lumot berdi.

Kecha Bishkek markazida BMW haydovchisi IIV xodimining to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysunmadi, uni to‘xtatishga uringan xodimni urib yubordi. Mashina kapotiga ilashib olgan IIV xodimi ma'lum masofa yurilganidan so‘ng sakrab qoldi.

Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatildi, mashina aniqlanib, 22 yoshli egasi qo‘lga olindi, avtomobilning o‘zi jarima turargohiga joylashtirildi.