Sport | 21:31 / 29.01.2016
6196
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun 3 marta harakat qilgani ayon bo‘ldi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres so‘nggi bir necha yil ichida «Barselona» hujumchisi Lionel Messini 3 marta qo‘lga kiritishga urinib ko‘rgani ma'lum bo‘ldi.

Cadena COPE tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 2011 yilda ilk marta argentinalik futbolchiga taklif yuborishgan. O‘shanda «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etish xavfi yuzaga kelgandi.

2013 yilda «Real» rahbariyati ikkinchi marta «Barselona»ga taklif bilan chiqishgan. Peres kataloniyaliklar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan, ammo yana o‘z maqsadiga erisha olmagan.

Messining transferi yuzasidan so‘nggi muzokara bundan 1 yil avval o‘tkazilgan, ammo qisqa va lo‘nda javob olgan: "Rahmat, ammo yo‘q!".

Shundan so‘ng Peres Neymar variantiga o‘z e'tiborini qaratdi.

Messi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 17 yoshida ilk marta maydonga tushgan. Joriy mavsumda jarohatlar tufayli bir qancha o‘yinlarda qatnasha olmagan bo‘lsada, 15ta o‘yinda 11ta gol urib, 4 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.