Jahon | 19:09 / 29.01.2016
5793
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada gripp tufayli halok bo‘lganlar soni 126 nafarga yetdi

Rossiyada epidemiya bo‘sag‘asidan oshib o‘tilgan uch haftadan beri 126 kishi gripp asoratlari tufayli nobud bo‘lgan. Bu ma'lumot Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

«Ayni vaqtda gripp tufayli 126 kishi o‘lim topgan», — deya ma'lum qilgan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining aloqa va jamoat salomatligi departamenti rahbari Oleg Salagay.

Bundan oldinroq, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova 29 yanvardan 7 fevralgacha bo‘lgan kunlar "epidemiya cho‘qqisi" bo‘lishi haqida aytgandi.

Vazir 2009 yili, cho‘chqa grippi epidemiyasi tarqalganda, Rossiyada 687 kishi nobud bo‘lganini eslagan va ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimi kasallikka qarshi turish uchun birmuncha yaxshi tayyorgarlikka ega ekanligini ma'lum qilgandi.

Rossiyada grippdan 50 kishi halok bo‘ldi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish