O‘zbekiston | 19:54 / 29.01.2016
8441
2 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l chiptalari narxidan ovqatlanish va qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov chiqarib tashlandi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi 2015 yil 31 dekabrdan poyezd chiptalari narxidan qo‘shimcha xizmatlar, jumladan ovqat uchun to‘lov chiqarib tashlandi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi talabi asosida amalga oshirildi.

Qo‘mitaning Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasidagilarning Gazeta.uz`ga xabar qilishicha, mazkur ish fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Ishni ko‘rib chiqish jarayonida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” “Sharq” va “Nasaf” poyezdlarida chipta narxiga ovqatlanish uchun 5335 so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ning ushbu harakatida “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-modda 2-bandida ko‘zda tutilgan qoidalarining buzilish alomatlari aniqlandi. Unga ko‘ra, Sotuvchi (ijrochi) iste'molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi vaziyatni o‘rganib chiqib, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” manziliga qonun buzilishini tartaraf etish hamda kelgusida bu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi topshirildi.