Jamiyat | 08:50 / 29.01.2016
3156
1 daqiqa o‘qiladi

The Libertines guruhi konserti vaqtida o‘g‘ri boshqa tashrif buyuruvchilardan 38ta telefon o‘g‘irladi

Buyuk Britaniyaning Uest-Midlends tumani politsiyasi Birmingem shahrida The Libertines guruhi konserti vaqtida 38ta begona telefonni o‘g‘irlab, ishtoni ichiga bekitgan shaxsni qo‘lga oldi.

Qayd etilishicha, 30 yoshli bu shaxs telefonlarni oyoqlariga bog‘lab chiqqan. U konsertni tark etayotganida qo‘lga olingan.

Ma'lum bo‘lishicha, bundan oldin ham, The Libertines guruhining Manchesterdagi konserti vaqtida shunga o‘xshash holat ro‘y bergandi.

Birmingem politsiyasining feysbukdagi sahifasida konsertga tashrif buyuruvchilar zalga kirishdan oldin qimmatli buyumlarini saqlash uchun topshirish tavsiya qilingan.