Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Nyu-Yorkka qo‘nishlarsiz uchish mumkin bo‘ladi
Xabaringiz bor, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning kuzida ikki dona Boeing-787 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ladi. Milliy aviakompaniya Axborot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, mazkur samolyotlar Toshkent-Nyu-York reysida parvozlarni amalga oshiradi.
Boeing samolyotlari 2016 yilning sentabr-noyabr oylarida O‘zbekistonga yetkaziladi. “Yangi samolyotlar uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishga mo‘ljallangan. Samolyotlar yetib kelsa, Tashkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab qo‘nishsiz parvozlarni amalga oshirishga jalb etilishi mumkin”, - dedi Axborot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Amerika korporatsiyasi bilan ikki dona Boeing-787-800 Dreamliner va zaxira dvigatelini sotib olish bo‘yicha 2008 yilda shartnoma imzolagan edi. Bitta Dreamliner`ning katologdagi bahosi modifikatsiyasiga bog‘liq ravishda 150-180 million dollarni tashkil etadi.