Sport | 18:39 / 29.01.2016
2927
1 daqiqa o‘qiladi

Vidich futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbolchilik faoliyatini «Spartak», «Manchester Yunayted» hamda «Inter» klublarida o‘tkazgan serbiyalik futbolchi Nemanya Vidich o‘z faoliyatini yakunladi.

Biroz oldin 34 yoshli ushbu futbolchi "nerazzurilar" bilan shartnomasini bekor qilgandi. Joriy mavsumda himoyachi «Inter» tarkibida bironta o‘yinda maydonga tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, serbiyalik bu himoyachi 2004 yildan 2005 yilga qadar «Spartak» safida to‘p surib, 41 marta maydonga tushgan hamda to‘rtta golga mualliflik qilgan.

2006 yiling yanvaridan esa u «MYu»ga o‘tgan va mankunianliklar safida 5 marta Angliya chempioni bo‘lgan. U "qizil iblislar" bilan 2008 yilda Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

Serbiy milliy terma jamoasi safida esa Vidich 54ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish