Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy jamoasi Podolskiga yiliga 9 million yevro maosh taklif qildi
Ayni vaqtda Turkiyaning "Galatasaroy" klubida to‘p surayotgan germaniyalik tajribali hujumchi Lukas Podolski ham faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Shanxay Shenxua" jamoasi rahbariyatining qiziqish bildirgan. Bu haqida Bild nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, Xitoy klubi o‘yinchi bilan uch yillik shartnoma imzolashga tayyor.
Unga ko‘ra, futbolchi soliqlar undirib olinganidan so‘ng yiliga 9 million yevro maosh olish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli bu hujumchi "Arsenal"dan ketgach, "Inter"da 1 mavsum o‘ynadi va 2015 yilning yozida Turkiyaga keldi. Joriy mavsumda u "Galatasaroy" tarkibida 17ta o‘yin o‘tkazib, 8ta gol urgan hamda 4ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.