Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Arsenal” o‘smirlar o‘rtasidagi 2015 yilgi jahon chempionlari Nvakali va Chukvuezeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi
Nigeriyaning 17 dan kichik yoshdagilar terma jamoasi futbolchilari Semyuel Chukvueze va Kelechi Nvakali Londonning “Arsenal” jamoasi safiga o‘tishga yaqin turibdilar.
Futbolchilar agentlari bilan birga “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger va jamoaning ijrochi direktori Ivan Gazidis bilan transfer detallarini kelishib olish uchun uchrashdilar.
Nigeriyaning o‘smirlar terma jamoasi 2015 yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, Kelechi Nvakali esa musobaqaning eng sermahsul futbolchisi deb topilgan edi.