Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barselona”-“Atletiko” uchrashuviga 94 990 tomoshabin tashrif buyurib, katalon klubi uchun mavsum rekordi o‘rnatildi
“Barselona” Ispaniya Primerasining 22-turida o‘z maydoni “Kamp Nou”da “Atletiko”ga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvga 94990 tomoshabin tashrif buyurdi, bu katalon klubi uchun tomoshabinlarning maydonga tashrif buyurishi bo‘yicha joriy mavsumdagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. “Kamp Nou” stadioni hammasi bo‘lib 99 354 tomoshabinni sig‘dira oladi.
Katalon klubi uchun bu boradagi avvalgi rekord natija “Gamper kubogi” mavsumoldi musobaqasining finalida “Roma”ga qarshi uchrashuvda qayd etilgandi. 2015 yil 5 avgustda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga 94422 tomoshabin tashrif buyurgandi.