Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barselona” “Atletiko”ni mag‘lub etib, Ispaniya chempionatining yakka peshqadamiga aylandi
“Barselona” Ispaniya Primerasining 22-turida o‘z maydonida asosiy raqiblaridan biri Madridning “Atletiko” klubini 2:1 hisobida yutdi.
10-daqiqada Koke madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqada Luis Suares yana bir to‘p kiritdi.
Tanaffusga chiqishga hushtak chalinishi arafasida “matraschilar” kamchilik bo‘lib qoldilar: Filipe Luis qizil qartochka oldi.
65-daqiqada mehmonlarning yana bir o‘yinchisi Diyego Godin maydonni barvaqt tark etdi, u ikkinchi sariq kartochka olib, o‘z jamoasini 9 kishi bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.
“Barselona” shu g‘alabasi evaziga Ispaniya chempionatining yakka peshqadamiga aylandi: kataloniyaliklar 51 ochko to‘plagan holda yana bitta zaxira o‘yinga egalar. “Atletiko” esa 48 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Ispaniya Primerasi. 22-tur
Barselona – Atletiko M – 2:1
Gollar: Koke, 10 (0:1); Messi, 30 (1:1); Suares, 38 (2:1).
Chetlatish: Luis, 44; Godin, 65 (Atletiko)