Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barselona” futbol jamoasi tarbiyalanuvchisi Serji Roberto joriy mavsumda 7 ta pozitsiyada o‘ynashga ulgurdi
“Barselona” futbol jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike futbol o‘ynab yurgan kezlarida universal o‘yinchi bo‘lgan, u maydonda hujum yoki yarimhimoyadagi istalgan pozitsiyada birday o‘ynay olgan.
Enrike o‘zi murabbiylik qilayotgan jamoa safida Messi, Suares va Neymar o‘ynamaydigan istalgan pozitsiyani yopa oladigan universal futbolchi bo‘lishi kerak, deb qaror qilgan ko‘rinadi.
Serji Roberto iqtidori “Barsa” akademiyasida anchadan beri e'tirof qilib kelingan. Gvardiola uni asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga u “Barsa B” tarkibida birorta ham o‘yin o‘ynamasidan avval jalb qila boshlagan. Biroq, Robertoning kattalar futboliga qo‘shilib ketishi jarayoni ancha vaqt oldi. Bu, avvalambor, uning ruhiyatidagi muammolar sababli qiyin kechdi – yosh futbolchi superyulduzlar kompaniyasida xato qilishga qo‘rqardi.
Luis Enrikening unga bildirgan ishonchi hamda uning yarimhimoyachilarga kamroq improvizatsiya qilish va ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talab qilinadigan o‘yin uslubi Robertoga foyda bo‘ldi. Yosh futbolchi ketma-ket o‘yinlarning asosiy tarkibidan o‘rin olgach, o‘ziga ishonchi oshdi va futbolchi o‘zining “Barsa B”dagi o‘yinlari bilan tanilgan ishonchli driblingini namoyish qila boshladi.
O‘ng qanotda Dani Alvesning o‘rnini bosish, so‘ngra “Real” bilan klasikoda o‘ng hujumchi pozitsiyasini egallash – universallikning porlab borayotgan yulduzining “Barsa”dagi eng muhim va yaxshi o‘yinlari bo‘ldi.
Futbolchi joriy mavsumda maydonda 7 ta pozitsiyada: himoyachidan tortib hujumchigacha o‘zini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto sports.ru