Sport | 08:43 / 30.01.2016
3241
1 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Yunayted” Angliya kubogining nimchorak finaliga yo‘l oldi

“Manchester Yunayted” klubi Angliya kubogi doirasida 1/16 final uchrashuvida raqib maydonida “Derbi Kaunti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. “MYu” tarkibida gollarni Ueyn Runi, Deyli Blind va Xuan Mata kiritdilar.

Lui van Gal shogirdlari shu g‘alaba evaziga musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldilar.

Angliya kubogi. 1/16 final
“Derbi Kaunti” – “Manchester Yunayted” – 1:3
Gollar: Runi, 16 (0:1); Torn, 37 (1:1); Blind, 65 (1:2); Mata, 83 (1:3).