Jamiyat | 08:54 / 30.01.2016
4883
1 daqiqa o‘qiladi

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan joriy yildagi birinchi “Proton-M” raketasi fazoga ko‘tarildi

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Briz-M” tezlashtiruvchi blokiga ega “Proton-M” raketa-tashuvchisi fazoga ko‘tarildi. Bu haqda o‘z tvitterida “Roskosmos” agentligi ma'lum qildi.

Parvoz Moskva vaqti bilan soat 1.20 da amalga oshirildi. Raketa bortida Yevropaning aloqa yo‘ldoshi Eutelsat9B bor.

Koinot sohasidagi manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Boyqo‘ng‘irdan 2016 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birinchi parvoz uch kunga ortga qoldirilgani ma'lum qilingandi. Bunga raketa va tezlashtiruvchi blokning tayyormasligi sabab bo‘lgan.