Sport | 21:53 / 30.01.2016
2917
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik futbolchi Adriano “Mayami” klubining 40 foiz aksiyasini sotib oldi va uning o‘yinchisiga aylandi

Milanning “Inter” futbol klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Adriano AQShning 4-ligasida ishtirok etuvchi “Mayami Yunayted” klubining futbolchisi bo‘ldi, deb xabar berilmoqda jamoaning rasmiy saytida.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Adriano bundan avvalroq jamoaning 40 foiz aksiyasini sotib olgandi va klubning daromadidan bir qismini oladi.

Braziliya terma jamoasi safida 48 ta o‘yinda 27 ta gol urgan hujumchi 2014 yilda “Atletiko Paranaense” jamoasi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchi “Atletiko”ga o‘tishdan avval 2 yilga yaqin hech qayerda o‘ynamagan.

Spirtli ichimliklar iste'mol qilish bilan muammolarga ega bo‘lgan Adriano o‘z vaqtida Italiyaning “Inter”, “Parma, “Roma” safida to‘p surgan. U “Inter” safida Italiyaning 4 karra chempioni, ikki karra Italiya kubogi sohibi bo‘lgan, Braziliya termasi safida Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish