Jamiyat | 20:36 / 30.01.2016
3624
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada o‘smir Berlin orqali qo‘shni graflikka borib, 11 dollar tejab qoldi

18 yoshli Jordon Koks Sheffildda (Saut-Yorkshir grafligi) istiqomat qilardi. U o‘z uyiga – Shenfildga (Esseks grafligi) borib kelishga qaror qildi. Oilasining oldiga yetib borish uchun u poyezdda 3.5 soat yo‘l bosib o‘tishi lozim edi. Ammo chipta narxi unga juda qimmat ko‘rindi – 51.79 funt sterling.

Jordon samolyot chiptasining narxini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Aniqlanishicha, Berlinda qo‘nib o‘tadigan samolyot bilan qo‘shni graflikka borish ancha arzonroqqa tusharkan. Yo‘l 13 soat vaqt oldi, buning evaziga u Germaniya poytaxtida aylanib keldi. Parvozlarga ketgan pulning umumiy narxi 37.57 funt sterling bo‘ldi. Bundan tashqari, ovqatlanishga hamda aeroportdan Berlin markaziga borishga 6.5 funt ketgan. Shu tariqa, u 7 funt yoki 11 dollar tejab qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish