Sport | 08:59 / 30.01.2016
5900
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Ispaniyaning “Real” va “Atletiko” klublariga yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiqlovni to‘xtatdi

FIFA Madridning “Real” va “Atletiko” klublariga yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiqlovni keyingi ikki transfer davri uchun to‘xtatdi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.

Bu qaror FIFA apellyatsiya qo‘mitasi yakuniy hukmni chiqarmaguncha amal qiladi.

Avvalroq FIFA “Atletiko” va “Real”ga balog‘atga yetmagan futbolchilarni zayavka qilishdagi qoidalarni buzganlari uchun yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi. “Atletiko” bu qaror yuzasidan FIFAga shikoyat bergan, “Real”ning munosabati haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

“Atletiko” va “Real” ushbu qoidabuzarligi uchun mos ravishda 900 ming va 360 ming shveysar frankiga jarimaga tortilgandi. Avvalroq xuddi shunday qoidabuzarlik uchun “Barselona” jazolangandi. Ushbu jazoga ko‘ra, “Barselona”ga 2016 yilning yanvarigacha yangi futbolchilarni xarid qilish taqiqlab qo‘yilgandi.