Sport | 17:50 / 30.01.2016
3407
1 daqiqa o‘qiladi

Kerber Australian Open’ning 2007 yildan beri eng past reytingli g‘olibasi bo‘ldi

Jahonning oltinchi raketkasi, germaniyalik Anjyelik Kerber Avstraliya chempionati finalida amerikalik raqibasi Serena Uilyams ustidan g‘alaba qozonib, turnirning 2007 yildan buyon kuzatilgan eng past reytingli g‘olibasi bo‘ldi.

O‘shanda g‘alaba qozongan Serenaning singlisi Vinus Uilyams dunyo reytingida 81-o‘rinda turgandi. Kerber Top-5ga kirmay turib Australian Open’da yutgan beshinchi tennischidir.

Australian Open 2016 yilning 18-31 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. “Katta shlem” turkumiga kiruvchi mazkur turnirning yutuq jamg‘armasi 44 mln Avstraliya dollarini tashkil qiladi.