Texnologiya | 23:28 / 30.01.2016
6728
2 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini kompaniyasi o‘zining eng tezkor Huracan modelini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Lamborghini kompaniyasi Huracan superkarining yangi modifikatsiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu mashina Superleggera yoki SV (SuperVeloce) deb ataladi. Sinovdan o‘tkazilayotgan modelning prototipi suratlari Car britan nashrida chop etildi.

Mashinaga qo‘shimcha projyektorlar va kuzovning orqa qismida antiqa elementlar o‘rnatilgan. Bu elementlar markazda joylashgan chiqarish tizimining patrubkalarini yashiradi.

Yangi mashina kuchaytirilgan 5,2 litrli atmofserali V10 dvigateli bilan jihozlanadi, u 7 pog‘onali, ikki ilashishli “robot” shaklidagi uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Bundan tashqari, superkar yengillashtirilgan konstruksiya oladi.

Og‘irligi 1422 kilogrammni tashkil qiluvchi standart Huracan modeli 2013 yilning oxirida namoyish qilingan. To‘liq privodli kupe 610 ot kuchiga ega 10 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Bu dvigatel ikki eshikli mashinaga 0 dan 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erishishga imkon bergan. Mashinaning maksimal tezligi 325 km/soatni tashkil qiladi.

2015 yilda modelning usti ochiq Spyder hamda orqa privodli LP 580-2 modifikatsiyasi ishlab chiqarilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish