Jahon | 00:55 / 30.01.2016
3305
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada politsiyachilarga yonlarida qurol olib yurish taqiqlandi

Norvegiyada politsiyachilarga yonlarida qurol olib yurish taqiqlandi, deb xabar bermoqda The Local nashri.

Qonunga ko‘ra, politsiyachilar o‘z qurollarini avtomobillarida saqlashlari kerak, biroq 2014 yil noyabrda mamlakat xavfsizlik xizmati teraktlar tahdidi darajasini oshirgani sababli politsiyachilarga kamarida qurol olib yurishga ruxsat berilgan.

2015 yil noyabrida qurolni olib yurish yana taqiqlab qo‘yilmoqchi bo‘lgan, biroq Parijdagi teraktlardan keyin qurolni olib yurishga ruxsat dekabragacha, keyin esa 3 fevralgacha uzaytirilgandi.

28 yanvarda politsiya boshqarmasi qurol olib yurishga ruxsatning bekor qilinganini ma'lum qildi. Rasmiylarning fikricha, Norvegiyadagi joriy vaziyat politsiyachilarning o‘zi bilan qurol olib yurishini talab qilmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish