Jamiyat | 07:50 / 30.01.2016
3971
2 daqiqa o‘qiladi

NY Daily News: marhum musiqachi Devid Boui o‘z oilasiga 100 mln dollar meros qilib qoldirdi

10 yanvarda saratondan vafot etgan britaniyalik musiqachi Devid Boui o‘zining rafiqasi Iman va ikki farzandiga 100 mln dollar meros qilib qoldirdi, deb yozmoqda New York Daily News nashri. Bu musiqachi qoldirgan vasiyatnomadan ma'lum bo‘ldi.

Bouining birinchi turmushidan o‘g‘li Dankan Jons merosning 25 foizini, uning o‘gay singlisi Aleksandriya ham 25 foizini, qizining onasi, rafiqasi Iman Boui esa 50 foizini oladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, artist ko‘p yillarda davomida do‘sti va shaxsiy yordamchisi bo‘lgan Korin Shvabga 2 mln dollar vasiyat qildi. Musiqachi o‘zining boshqa bir do‘sti, o‘g‘lining enagasi bo‘lgan shveysariyalik Maron Skenega 1 mln dollar qoldirdi.

Shuningdek, Boui uning jasadi kuli buddaviylik an'anasiga ko‘ra Bali oroli uzra yoyib yuborilishini vasiyat qilgani ma'lum bo‘ldi. 

Avvalroq Devid Bouining qo‘shiqlari va albomlari savdosi uning vafotidan keyin 50 martaga oshib ketgani ma'lum qilingandi.