Jamiyat | 18:48 / 30.01.2016
7086
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 1 tonna archa g‘uddasi o‘g‘irlagan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida o‘rmonchilik omboridan 1 218 kg archa g‘uddasini o‘g‘irlagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda 30 yanvar kuni Interfaks agentligi xabar berdi.

Pavlodarnews.kz saytining ma'lum qilishicha, jinoyatchilar montirovka yordamida g‘uddalar ekish uchun quritilayotgan bino qulfini buzib, o‘g‘irlikni sodir etishgan.

33 va 24 yoshli talonchilar o‘z ayblariga iqror bo‘ldilar. Aytilishicha, ular 46 xaltaga joylangan g‘uddalarni asl egalariga qaytadan sotib, 400 ming tanga topishdan umidvor bo‘lishgan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.