Sport | 21:11 / 30.01.2016
3054
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Klichkoning murabbiyi bokschida qarish alomatlarini ko‘rmayotganini aytdi

Ukrainalik superbokschi, sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning bosh murabbiyi Jonaton Benks o‘z shogirdining britaniyalik bokschi Tayson Fyuriga mag‘lub bo‘lishining sababini aytdi. Bokschilar o‘rtasidagi uchrashuv 2015 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan va britaniyalik bokschining ochkolar bo‘yicha g‘alabasi bilan yakunlangandi. Oqibatda Klichko barcha chempionlik kamarlaridan mahrum bo‘lgandi.

“Klichko Fyuriga qarshi jangga yaxshi tayyorlangandi. Agar bunday bo‘lmaganda, men buni sezgan bo‘lardim. Ko‘pchilik u jang vaqtida bir kechada qarib ketganini aytishdi, biroq yosh – bu jarayon. Sen tug‘ilganingda, senga darrov 10 yosh bo‘lib qolmaydi-ku. Agar jangchi ringda qaridek ko‘rinsa, mashg‘ulot lagerida buning alomatlari bo‘lardi, biroq bu bo‘lmadi. Hech kim buni inobatga olmayapti. Vladimir qari emas, o‘sha kecha shunchalik u uchun yomon keldi”, deb aytdi Benks.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish