Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik sayyohlar 2015 yilda 104 milliard dollar sarflagan holda 120 million marta xorij safariga chiqishdi
2015 yilda Xitoy fuqarolari 120 million marta sayyohlik tashrifi bilan xorij mamlakatlariga yo‘l olishdi. Ular tomonidan sarflangan mablag‘lar miqdori 104,5 milliard dollarni tashkil etib, bu 2014 yilgi ko‘rsatkichlarga qaraganda 16,7 foiz ko‘p demakdir.
Sinxua agentligining xabar berishicha, mazkur ma'lumotlar XXRning Turizm ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan. Mahkama tahlilchilarining qayd etishicha, xitoylik sayohatchilar o‘sish sur'atlari sekinlashgan bir paytda global iqtisodiyotgan katta yordam ko‘rsatishmoqda. Ayni paytda, Xitoy xorij safariga yo‘l olganlar soni va ularning xarajatlari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.
“Biz 2016 yilda mamlakat ichida 4,38 milliard martalik safarlar bo‘lishini kutayapmiz, bu 2015 yilga qaraganda 9,5 foiz ko‘p demakdir. Ichki turizmdan olinadigan daromad miqdori esa bir yil ichida 11 foizga o‘sib, 3,8 trln yuan ($577,8 mlrd)ga yetishini kutmoqdamiz”, - deyiladi xabarda.