Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanning Adan shahrida xudkushning hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Yamanning janubiy qismida joylashgan Adan shahrida terrorchi-xudkush minalashtirilgan avtomobilda nazorat-o‘tkazish punkti yonida portlash sodir etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Mahalliy xavfsizlik kuchlari vakillarining ma'lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, yana kamida 8 kishi jarohat olgan.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID bilan aloqador bo‘lgan guruh o‘z zimmasiga olgan.
28 yanvarda ham terrorchi-xudkush Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyning qarorgohidan 500 metr uzoqlikda joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti yonida minalashtirilgan avtomobilni portlatgandi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.