Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:31 / 31.01.2016
3980
1 daqiqa o‘qiladi
“Everton” Moskva jamoasining futbolchisi uchun 19 mln dollar taklif qildi
Liverpulning “Everton” jamoasi Moskva “Lokomotiv”i tarkibida to‘p surayotgan senegallik futbolchi Umar Niass uchun 19.2 mln dollar pul taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, “Lokomotiv” taklifni qabul qilgan, futbolchi esa shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish uchun Angliyaga uchib ketgan.
25 yoshli futbolchiga, shuningdek, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Nyukasl” va “Aston Villa” jamoalari raqobat olib borishdi.