Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anri MYuni van Galni ishdan bo‘shatib, Mourinyuni olishga chaqirdi
“Arsenal” jamoasining sobiq hujumchisi, Britaniya televideniyesida ekspert bo‘lib ishlayotgan Terri Anri “Manchester Yunayted” klubini bosh murabbiy Lui van Galni ishdan bo‘shatib, “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuni yollashga chaqirdi.
“MYu muvaffaqiyat uchun har narsaga tayyor, va Mourinyu buni ta'minlab beradi, - deb hisoblaydi sobiq futbolchi. – Uning “Chelsi”dagi muvaffaqiyatsizligini to‘g‘ri tushunish kerak, axir Joze ajoyib murabbiyligicha qolmoqda. Agar “Siti” Gvardiolani, “Chelsi” Simeoneni ololsa, MYu bunga javob berishi shart. Ular hammasi joyda deb o‘zlarini aldashda davom etmasligi kerak”.