Sport | 07:53 / 31.01.2016
4534
1 daqiqa o‘qiladi

"Atletiko" "Barselona"ga uning maydonida 100 ta to‘p kiritgan birinchi klub bo‘ldi

"Atletiko" klubi Ispaniya primerasining 22-turida mezbonda "Barselona"ga qarshi uchrashuvda yarimhimoyachi Koke to‘pi evaziga hisobni ochdi.

Shu tariqa "Atletiko" Ispaniya chempionatida "Barselona"ga uning maydonida 100 ta to‘p kiritgan birinchi klub bo‘ldi.

"Real" hisobida hozirda "Barselona"ga qarshi mehmondagi uchrashuvlarda katalon klubi darvozasiga kiritilgan 99 ta gol bor.