Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Iroqqa gumanitar muammolarni hal qilish uchun 861 mln dollar yig‘ishda yordam berishga chaqirdi
BMT Iroqqa IShID terrorchilik guruhi bilan urush sababli yuzaga kelgan gumanitar inqirozni yengib o‘tish uchun 861 mln dollar yig‘ishda yordam berishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Neft narxi pasayishi sababli daromadlari keskin kamayib ketgan Bag‘dod gumanitar inqirozni yengib o‘tish uchun xarajatlarni moliyalashtirishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu inqiroz oqibatida 2014 yildan beri 3,3 mln odam jabr ko‘rgan.
"Davlat byudjyetidan ajratiladigan mablag‘lar bu muammoni hal qilishga yetmaydi. Biz BMTning gumanitar yordam berish rejasi bu mablag‘larni qisman qoplashga yordam beradi, deb umid qilamiz", deb aytdi Iroqning migratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Jassim Muhammad al-Jaf.
Iroq hukumati mamlakatga gumanitar muammolarni hal qilish uchun 1,56 mlrd dollar talab qilinishini ma'lum qildi.