Sport | 08:12 / 31.01.2016
2964
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" 20 yoshli amerikalik futbolchi Myazgini xarid qilganini e'lon qildi

AQShning "Nyu-York Red Bulls" futbol klubining markaziy himoyachisi Mett Myazgi Londonning "Chelsi" klubi o‘yinchisiga aylandi.

Londonliklar 20 yoshli futbolchi bilan 4,5 yillik shartnoma tuzishdi.

Avvalroq "Chelsi" futbolchi uchun 4 mln yevroga yaqin pul to‘lagani ma'lum qilingandi.