Jahon | 22:04 / 31.01.2016
5492
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada 10 mingga yaqin qochqin bola yo‘qolib qolgani ma'lum bo‘ldi

Yevropaga ota-onasiz va yaqinlarisiz kelgan 10 mingga yaqin qochqin bola Yevropa Ittifoqi chegaralarini kesib o‘tish vaqtida yo‘qolib qolgan. Bu haqda Yevropol ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Italiyada 5 ming bola, yana mingga yaqin bola Shvetsiyada yo‘qolib qolgan. Buyuk Britaniyada qayerdaligi noma'lum bo‘lgan bolalar soni bir yil ichida 2 barobarga ko‘paygan. Yevropol ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Yevropaga kelgan qochqinlardan 270 mingi voyaga yetmaganlar bo‘lgan.

Politsiyachilar bu bolalardan ko‘pchiligi Yevropaga kelgach odam savdogarlari qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish