Jahon | 07:30 / 31.01.2016
2771
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel vaqti kelib qochqinlar o‘z uylariga qaytishiga umid qilmoqda

Germaniya hukumatida iroqlik va suriyalik qochqinlar ularning davlatlaridagi vaziyat normallashgandan keyin o‘z vatanlariga qaytishlariga umid qilinmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zining Xrinstian demokratik partiyasi qurultoyida aytib o‘tdi.

"Biz odamlarga ularning bizning davlatdagi maqomlari vaqtinchalik ekanligini va Suriyada tinchlik o‘rnatilishi, Iroqda IShID yengilishi bilan sizlar olgan bilimlaringiz bilan vatanlaringizga qaytasiz, deb aytishimiz kerak", deb aytdi Merkel.

Merkelning ta'kidlashicha, sobiq Yugoslaviyadagi urushdan Germaniyaga qochgan qochqinlarning 70 foizi o‘z uylariga qaytganlar.