Sport | 07:38 / 31.01.2016
6937
1 daqiqa o‘qiladi

Messi va Ronaldu o‘z faoliyatlarida birgalikda 1000 ta gol urishdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasining 22-turida "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda o‘yinning 30-daqiqasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu gol argentinalik superfutbolchining faoliyatidagi 482-goli bo‘ldi va uning bu ko‘rsatkichini "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduniki bilan qo‘shganda 1000 golni tashkil qildi.

Ayni vaqtda potrugalik futbolchi hisobida 518 ta gol bor.