Jahon | 22:50 / 31.01.2016
4085
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyaning Mayduguri shahriga jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida 60 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Nigeriyaning Mayduguri shahriga jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida 60 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Reuters axborot agentligining yozishicha, hujumda "Boko Haram" guruhining a'zolari ishtirok etgan.

Nigeriya armiyasi vakili Mustafa Ankas Mayduguri chetidagi Dalori shaharchasi aholisi jabr ko‘rgani va hujum 30 yanvar kechasi uyushtirilganini ma'lum qildi.

"Boko Haram" terrorchilik guruhi 2015 yilning aprelida o‘zining nomini "IShIDning G‘arbiy Afrika viloyati" deb o‘zgartirdi. Bu guruh boshlig‘i Abubakar Shekaiy IShIDga vafodorlikka qasamyod keltirib, IShID bu qasamyodni qabul qilgandan keyin amalga oshirilgan.