Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Misrda sodir bo‘lgan ikkita yirik yo‘l-transport hodisasida 20 kishi halok bo‘ldi
Misr poytaxti Kohiradan janubda joylashgan Beni-Suayf viloyatida quyuq tuman va ko‘rinish darajasi pastligi sababli shaharlararo trassada 20 dan ko‘proq avtomobil to‘qnashib ketdi. "Al-Ahrom" gazetasining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasida 13 kishi halok bo‘lgan, 10 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
Trassa bo‘ylab harakatlanish to‘liq yopilgan. Ayni paytda voqea joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Ular pachoqlangan avtomobillardan odamlarni chiqarib olishga va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga urinmoqdalar. Ma'lum qilinishicha, avtohalokat oqibatida 5 avtomobil yonib ketgan.
Shu kuni avvalroq Giza viloyatida tartibga solinmaydigan temir yo‘l pereyezdida katta tezlikda kelayotgan poyezd odamlar olib ketayotgan pikapni urib yuborgan. Tuman sababli avtomobil haydovchisi pereyezddan o‘tish vaqtida yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rmay qolgan. Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan.