Jahon | 17:02 / 31.01.2016
3829
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Niderlandiyada 300dan ortiq qochqin o‘z joniga qasd qilishga uringan

O‘tgan yili Niderlandiyada jami 312 qochqin o‘z joniga qasd qilishga uringan. Bu haqda mamlakatning boshpanaga da'vogarlarni qabul qilish bo‘yicha markaziy agentligi ma'lumot berdi.

“Yana 369 kishi o‘ziga zarar yetkazmoqchi bo‘ldi; ayrimlar ocharchilik e'lon qildi”, - deyiladi xabarnomada.

Yanvar oyida ham bu taxlit ko‘ngilsizliklar kuzatildi. Xususan, Ter-Apel shahrida iroqlik muhojir o‘zini osib qo‘ydi, negaki uning qochqinlik maqomini olish borasidagi talabnomasining ko‘rib chiqilishi nuqul orqaga surilaverdi.

Zandam shahridagi boshpanada suriyalik qochqin oilasi sog‘inchidan o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi. Yaqinlari yordamga kelgani tufayligina uning joni omon qoldi.

Bundan tashqari, markazlar ichida 55ta jinsiy yaqinlikka zo‘rlash holatlari kuzatilgan. Bir safar Niderlandiya fuqarosi qochqin bolaga tegajog‘liq qilishda ayblandi. Yana bir vaziyatda qochqin erkak gollandiyalik qizni zo‘rlashga harakat qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish