Texnologiya | 00:13 / 31.01.2016
5007
2 daqiqa o‘qiladi

Oppo kompaniyasi "selfifon" namoyish qildi

Oppo kompaniyasi o‘rta narxdagi segmentga mo‘ljallangan F smartfonlari qatorini ishlab chiqarishni boshladi. Bu smartfonlar sifatli kameralar bilan jihozlanadi. Qatordagi birinchi kamerafon F1 Hindistonda sotila boshlandi. Xitoy kompaniyasi aprelda uning yaxshilangan molifikatsiyasi F1 Plus’ni savdoga chiqaradi.

F1 tashqi ko‘rinishi A35 modeliga o‘xshash. Yangi qurilma 13 Mpli asosiy, selfi va videochat uchun 8 Mpli frontal kamerasi bilan ajralib turadi. Smartfonda suratlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dasturlar, jumladan avtoportretlarni ishlashga mo‘ljallangan Beautify 3.0 va fotosuratlarga turli filtrlarni qo‘llashga imkon beruvchi PureImage 2.0 dasturlari o‘rnatilgan.

F1’ning qolgan ko‘rsatkichlari quyidagicha: 5 dyuymli HD-displey, Qualcomm Snapdragon 616 protsessori, 3 Gbayt tezkor xotira, 2500 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator va 16 Gbaytli flesh-xotiraga ega. Smartfon ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, korpusi qalinligi 7,25 mm dan oshmaydi. F1 Plus modeli esa 5,5 dyuymli ekran va 4 Gbayt tezkor xotira bilan ta'minlanadi.

F1 Plus birinchi bo‘lib Hindistonda sotuvga chiqarildi. Bu yerda smartfonni 15990 rupiyga (235 dollar) sotib olish mumin. Yevropada esa 299 yevrodan sotiladi. F1 Plus modeli esa 400 dollarga baholandi.