Jahon | 14:15 / 31.01.2016
8737
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Turkiya havo hududining buzilganini tasdiqladi

AQSh harbiy idorasining ma'lumotlari Rossiya samolyoti Turkiya havo hududi buzilganini tasdiqladi, bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz voqeadan boxabarmiz va kecha Rossiya samolyotlaridan biri Turkiya va NATO havo hududini buzganligini tasdiqlashga tayyormiz”, - dedi Pentagon vakili Mark Rayt.

Uning so‘zlariga qaraganda, Pentagon Rossiyani Turkiya havo hududini hurmat qilishga hamda mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi.

Raytning qo‘shimcha qilib aytishicha, Moskva va Anqara o‘zaro muloqot o‘rnatib, vaziyat keskinlashishining oldini olish borasida choralar ko‘rishi muhimdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish