Jahon | 09:00 / 31.01.2016
2220
2 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya banki 10 funt sterlinglik shotland qog‘oz pulida olimning suratini bosadi

Shotlandiya qirollik banki (Royal Bank of Scotland) yangi polimer 10 funt sterlinglik shotland qog‘oz pulida surati bosiladigan uch kishining ro‘yxatini chop etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

400 kishidan iborat guruh bu maqsadda uch nafar eng atoqli shotland olimlari – Jyeyms Maksvell, Tomas Telford va Meri Somervillni tanlab oldi.

Jyeyms Klerk Maksvell klassik elektrodinamika yaratuvchisi va statik fizikaning asoschilaridan biri hisoblanadi. Tomas Telford muhandis va arxitektor bo‘lgan, u ko‘plab yo‘llar, ko‘priklar va kanallar loyihalarini tuzgani bilan ma'lum. Meri Somervill XIX asr boshida matematika va astronomiya bilan shug‘ullangan hamda o‘zining hamkasabasi bilan Qirollik astronomik hamjamiyatiga kiritilgan birinchi ayollardan biri bo‘lgan.

Yangi pulda qaysi olimning surati paydo bo‘lishi xalq orasida ovoz berish bilan aniqlanadi, banknotaning o‘zi esa 2017 yilda chop etiladi. 5 funt sterlinglik shotland qog‘oz pulida adabiyot sohasidagi yana bir atoqli davlat arbobining surati tushiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish