Jahon | 01:16 / 31.01.2016
4107
1 daqiqa o‘qiladi

The New York Times nashri AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlamoqda

AQShning The New York Times nashri AQSh prezidenti lavozimiga Demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda nashrning saytida ma'lum qilindi.

“Saylovchilarda butun tarix davomida prezident lavozimiga eng malakali nomzodni tanlash imkoniyati mavjud”, deyilmoqda nashrdagi maqolada Klinton haqida.

Nashr fikricha, oxirgi yillarda Respublikachilar partiyasi nomzodlari o‘zlarini prezident lavozimiga kurashda tajribali kishilar qilib ko‘rsatish maqsadida amerikaliklarni “bo‘m-bo‘sh targ‘ibot shiorlari” bilan “bombardimon qilganlar”.

Klinton AQSh prezidenti lavozimiga yirik partiyadan birinchi ayol nomzod bo‘lmoqda. Xillari Klinton Nyu-York shtatidan senatorlik qilgan, AQSh Davlat kotibi lavozimida ishlagan hamda turmush o‘rtog‘i Bill Klinton prezident bo‘lganida AQShning birinchi xonimi bo‘lgan.