Sport | 17:54 / 31.01.2016
2828
1 daqiqa o‘qiladi

Venger “Roma”dan Dumbiyani sotib olmoqchi

“Roma” hujumchisi Seydu Dumbiya “Arsenal”ga o‘tishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger 28 yoshli futbolchini xarid qilish uchun “Roma” rahbariyatiga rasman murojaat qilgan, deb xabar beradi Daily Express.

Joriy mavsumda Dumbiya TsSKA tarkibida ijarada to‘p surarkan, 13ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urdi, 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ilgariroq Dumbiyaga “Nyukasl” qiziqayotgani bildirilgan edi.