Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 13 ming maktab avtobusi xavfsizlik tekshiruvidan o‘ta olmadi
Xitoyda 13 ming atrofidagi maktab avtobuslari XXR ta'lim vazirligi hamda ishlab chiqarishdagi xavfsizlik bo‘yicha milliy idora tekshiruvi chog‘ida xavfsiz emas deb topildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra tegishli ruxsatnomasiz ushbu avtobuslarni boshqarib kelgan 32 ming haydovchi ishdan bo‘shatildi.
2015 yil mayida XXRning Guansi-Chjuan muxtor tumanida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtobus halokati oqibatida 2 bola halok bo‘ldi, 21 bola jarohat oldi. Haydovchi odamlarni tashish ruxsatnomasiga ega emasdi. Bundan tashqari, avtobus ichida belgilanganidan ikki barobar ko‘proq odam ketayotgandi. Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab maktab haydovchilari va avtobuslarining yalpi tekshiruvi o‘tkazildi.