Jahon | 21:24 / 01.02.2016
3637
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidenti Baydenning o‘g‘li kompaniyasi Ukrainadagi gaz aktivlarini sotib olishni davom ettirmoqda

Kanadaning Serinus Energy kompaniyasi Burisma kompaniyasi bilan bog‘langan Resano Trading Ltd kompaniyasiga Ukrainadagi gaz aktivlarini sotmoqda. Bu haqda Serinus Energy bergan xabarda aytilgan.

Serinus kompaniyasi KUB-Gas Holdings Limited’ning 70 foizlik aksiyalar paketini sotmoqda. KUB-Gas kompaniyasi Dnepr-Donetsk havzasida gaz koniga ega.

Serinus o‘z aksiyalar paketi uchun 30 mln dollar oladi. 13,5 mln dollarlik birinchi transh kompaniya hisobiga o‘tkazib berilgan. Bitimni 8 fevralgacha yopish rejalashtirilmoqda.

Serinus aktivni sotishdan olgan pullarni korporativ qarzni uzishga va Ruminiyadagi biznesni rivojlantirishga ishlatmoqchi.

Burisma kompaniyasi 2010-2014 yillarda Ukrainaning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurlar vaziri hamda Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan ukrainalik tadbirkor Nikolay Zlochevskiyga tegishli.

Kompaniya Ukraina hududida neft va gaz qazib olish uchun 20 taga litsenziyaga ega. Burisma direktorlar kengashiga AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden hamda 1995-2005 yillarda Polsha prezidenti bo‘lgan Aleksander Kvasnevskiy kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish