Fan-texnika | 21:54 / 01.02.2016
5433
2 daqiqa o‘qiladi

Diabetiklar uchun "aqlli" paypoqlar yaratildi

Qand kasalligidan aziyat chekuvchi odamlarga o‘z salomatligi – ovqatlanishdan tortib kundalik vazifalarni bajarishgacha o‘ta e'tiborli munosabatda bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. 

Quddusdagi Yahudiy universiteti olimlari oyoqlarni amputatsiya qilish xavfini oshiruvchi surunkali yaralarning paydo bo‘lmasligi uchun doimiy diagnostikani talab qiluvchi oyoq taglariga alohida e'tibor berishga qaror qilishdi. Gap shundaki, qand qasalligi diagnoziga ega bemorlarda neyropatiya (asab tolalaritning shikastlanishi) kuzatiladi, bu nuqson tufayli odamlar og‘riq sezmaydilar va terining shikastlanganini o‘z vaqtida seza olmaydilar.

Buning oldini olish maqsadida yaratilgan SenseGO smart-paypoqlari katta bosim tushuvchi oyoq tagi sohasini kuzatish va bu haqda smartfonning mobil dasturi orqali o‘z egasini xabardor qilishga qodir. Bosim tushishi oqibatida yaralar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, foydalanuvchi bosimni kamaytiruvchi choralarni ko‘rishi, ya'ni oyoq holati, poyabzal, poyabzal patagini o‘zgartirishi yoki boshqa choralar ko‘rishi kerak.

SenseGO "aqlli" paypog‘i o‘nlab mikroskopik bosim datchiklari va mikroprotsessor bilan jihozlanganiga qaramasdan, uni yuvish mumkin.