Sport | 21:58 / 01.02.2016
5641
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrohimovich "Sent-Eten"ga qarshi o‘yin arafasida eshikka suyangani uchun jarohatlanishiga bir baxya qoldi

PSJ jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovich milliy chempionatning navbatdagi turida "Sent-Eten"ga qarshi o‘yin oldidan kutilmagan jarohatga uchrashi mumkin edi.

Bu holat videosi internetga joylashtirilgan. Videoda Zlatan o‘z jamoadoshlari bilan maydonga kirib kelishdan oldin, yo‘lakda vaqt o‘tishini kutib turganida eshikka suyangani, eshik tabaqasi esa ichkari tomonga ochilib ketishi tufayli futbolchi muvozanatini yo‘qotib, yiqilishiga bir baxya qolganini ko‘rish mumkin.

Parijliklarning baxtiga bu vaziyatda Zlatan keraksiz jarohatdan qutilib qoldi va u o‘yinda 2ta gol urib, g‘alabani ta'minladi.