16:11 / 01.02.2016
2147

Nayjyel de Yong «Milan» bilan shartnomasini bekor qildi

«Milan» jamoa yetakchilaridan biri, gollandiyalik futbolchi Nayjyel de Yong bilan o‘zaro hamkorlik yakunlangani haqida ma'lum qildi.

31 yoshli bu tayanch yarim himoyachisi bilan shartnoma 2018 yilning yoziga qadar tuzilgandi. Bu shartnoma ikki tomonning o‘zaro kelishuvi orqali bekor qilingan.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga «Los-Anjyeles Gelaksi» jamoasidan taklif borligi haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, de Yong «Milan»ga 2012 yilda «Manchester Siti»dan o‘tgandi.

Top