15:42 / 01.02.2016
4990

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyida qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasinining rasmiy sayti xabar tarqatgan.

Ushbu yig‘in doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Livanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. 13—15 fevral kunlariga mo‘ljallangan yig‘inga 21 nafar futbolchi jalb etilgan.

Ta'kidlash kerakki, Livanga qarshi uchrashuv 14 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy o‘yinlari Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida mart oyida bo‘lib o‘tadi. Babayan shogirdlari 24 mart kuni Filippini, 29 mart kuni esa Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichida 6 o‘yindan keyin 15 ochko to‘plagan holda, “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi KXDR terma jamoasi hisobida 7 o‘yindan keyin 16 ochko bor.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 13—15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Darvozabonlar
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv”)
2. Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar
3. Davron Hoshimov (“Paxtakor”)
4. Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
5.Kamoliddin Tojiyev (“Paxtakor”)
6. Sherzod A'zamov (“Nasaf”)
7. Azimjon Ahmedov (“Paxtakor”)
8. Sanislav Andreyev ("Paxtakor”)
9. Akromjon Komilov ("Bunyodkor")
10. Javlon Mirabdullayev ("Bunyodkor")
Yarim himoyachilar
11. Javohir Sohibov (“Paxtakor”)
12. Jashid Boltaboyev (“Paxtakor”)
13. Otabek Shukurov (“Bunyodkor)
14. Server Jyeparov (“Lokomotiv”)
15. Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)
16. Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)
17. Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”)
18. Shuxrat Muhammadiyev (“Nasaf”)

Hujumchilar
19. Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
20. Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
21. Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”)

Top