Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada eng yangi Su-35S samolyotlarini sinovdan o‘tkazmoqchi
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga eng zamonaviy Su-35S samolyotlarini jangovor sharoitlarda sinovdan o‘tkazish uchun yubordi. Samolyotlar bir necha kun avval yetib kelgan. Bu haqda tezkor harbiy boshqarmadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda "Kommersant'" nashri xabar bermoqda.
"Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, gap o‘tgan yilning oktabr-noyabr oylarida Komsomolsk-Amurdagi aviatsiya zavodi tomonidan Rossiya harbiy-koinot kuchlariga berilgan 4 ta samolyot haqida ketmoqda", deb yozmoqda nashr.
Agar bu ma'lumotlar chin bo‘lsa, ayni vaqtda Rossiyaning Suriyadagi samolyot va vertolyotlari soni 70 dan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Su-35S – bir uchuvchilik "4++" avlodidagi ko‘p maqsadli o‘ta manyovrli qiruvchi samolyot bo‘lib, boshqariluvchi tortish vektori dvigateli va fazalangan panjara antennali bort radiolokatsion stansiyasiga ega. Samolyot planerining mustahkamlangan konstruksiyasi hisobiga 30 yilgacha xizmat qilishi mumkin.